10.02.2017 - “Ўзстандарт” агентлиги “Метрология хизматлари кўрсатиш маркази” ДК 2017 йилда техник базасини жиҳозлаш мақсадида юқори аниқликдаги намунавий ускуналар ва ёрдамчи қурилмаларни харид қилиш бўйича таклифларни ҳар томонлама кўриб чиқади       


  • darkblurbg
  • darkblurbg
  • darkblurbg
  • darkblurbg
  • darkblurbg
  • darkblurbg
  • darkblurbg
  • darkblurbg
  • darkblurbg

«O‘ZSTANDART» AGENTLIGI
"METROLOGIYA XIZMATLARI KO‘RSATISH MARKAZI"
DAVLAT KORXONASI


Bundan 93 yil muqaddam, ya’ni o‘tgan asrning 30-yillarida Turkiston Respublikasi ichki savdoni tartibga solish Qo‘mitasi qoshida o‘lchovlar va tarozilar byurosi, 1924 yilda Standartlar va o‘lchov vositalari ustidan davlat nazorati laboratoriyasi tashkil etilgan edi. Shu yilniig o‘zida O‘rta Osiyo o‘lchov va tarozilari Palatasi tashkil qilindi va u aynan O‘rta Osiyo respublikalarida metrologik xizmatlar asoschisi bo‘ldi.

Hozirgi kunda “O‘zstandart” agentligi boshchilik qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat metrologik xizmati ko‘p tarmoqli, texnik jihatdan to‘la jihozlangan, zamonaviy me’yoriy va metodik xujjatlar bilan ta’minlangan Milliy etalonlar markazi, Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, 16 ta xududiy markazlar va 148 ta yuridik shaxslar metrologik xizmatlaridan iborat bo‘lgan katta tizimdir. Davlat metrologik xizmatining asosiy vazifasi respublikamizda o‘lchashlar birligini ta’minlash orqali noto‘g‘ri o‘lchashlarning salbiy natijalaridan iste’molchilar xuquqlari, fuqarolar sog‘lig‘i va xavfsizligi, atrof muhit hamda davlat manfaatlarini muhofaza qilish va davlatimiz eksport salohiyatini oshirishga ko‘maklashishdan iboratdir.

Mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirishning bugungi dolzarb masalalaridan biri bu - davlatimiz ekport salohiyatini oshirish. Bu masalani hal qilishda metrologiyaning o‘rni o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Xalqaro savdoga ko‘maklashish uchun mamlakatda o‘tkazilgan o‘lchashlar natijalarini boshqa davlatlar tomonidan tan olinishini ta’minlash bu masalaning asosiy negizi sanaladi. Respublikamizda berilgan sertifikatlar boshqa davlatlar tomonidan tan olinishi eksport qiluvchilarga qulayliklar yaratib, eksport mahsulotlarini tan narxi arzonlashtirilishiga olib keladi.

 

FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati

Batafsil...

DAVLAT DASTURLARI


VIDEO LAVHALAR

propety

Навбатдаги Халқ билан мулоқот ва Сайёр қабул Нурота туманида бўлиб ўтди

  • 22.03.2017
  • 67

“Ўзстандарт” агентлиги бош директори  томонидан тасдиқланган “Ўзстандарт” агентлиги раҳбарияти ва тизим ташкилот раҳбарлари томонидан...

 

propety

Наврўз байрами муборак бўлсин!

  • 19.03.2017
  • 96

Сизни кириб келаётган яшариш ва янгиланиш байрами - Наврўз айёми билан чин дилдан муборакбод этамиз! Тинчлик, сиҳат-саломатлик, оилавий бахт доимо ҳамроҳингиз бўлсин! Ушбу қутлуғ айёмда барча эзгу ниятларингиз рўёбга чиқишини ва Ватанимиз равнақига ўз ҳиссангизни қўшишингизда доимо омад ёр бўлишини тилаб қоламиз! Баҳорий кайфият сизни асло тарк этмасин!

propety

МИЖОЗЛАР ДИҚҚАТИГА!!!

  • 15.03.2017
  • 95

Жорий йилнинг 20 март кунидан “Ўзстандарт” агентлиги тизимида “Ягона дарча” маркази ишга туширилиши муносабати билан қуйидаги чизмада кўрсатилган манзил бўйича мурожаат қилишингизни сўраймиз.
(Маълумот учун телефонлар: 150-26-03, 150-26-11, 150-26-14)

propety

Биокимёвий анализаторлар

  • 17.02.2017
  • 384

Замонавий механик, компьютер ва оптик технологиялардан фойдаланган ҳолда қон  таркибини таҳлил қилиш учун мўлжалланган аппарат...

propety

Метрология ва сифатнинг ошиши

  • 31.01.2017
  • 586

Маҳсулот сифатини оширишда ўлчашлар ўрни беқиёсдир. У нафақат ўлчаш воситалари ёрдамида сифатни текширишдан, балки фаол текширув воситалари ёрдамида технологик жараённинг ўзида зарур сифат кўрсаткичларини таъминлашдан иборатдир...

propety

Ўзбекистон Республикасининг ўлчашлар бирлилигини таъминлаш давлат тизимида янги меъёрий ҳужжатлар

Тасдиқланган «Ўзбекистон Республикасининг ўлчашлар бирлилигини таъминлаш давлат тизимида янги меъёрий ҳужжатларни ишлаб чиқиш ва амалдаги меъёрий ҳужжатларга ўзгартиришлар киритиш бўйича тадбирлар режаси»га мувофиқ...

Foto-galereya

INTERAKTIV XIZMATLAR

XALQARO HAMKORLAR